19.6 C
Gulistan
spot_img

Bugun 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni”

Avval xabar qilganimizdek, bugun 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan poytaxtimizda bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir avvalida Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov so‘zga chiqib, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

“Avvalo, siz azizlarni 18-aprel – O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. O‘z xizmat joyida kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan soha vakillariga chuqur hurmatimizni bildiramiz”, deyiladi davlatimiz rahbari tabrigida.

Shuningdek, tabrikda so‘nggi yillarda kommunal tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ko‘p qavatli uy-joy fondini modernizatsiya qilish, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar alohida qayd etildi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar