Mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qurilish sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yangi turar-joy massivlari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hududlarning kelajakdagi qiyofasini belgilab bermoqda.
Bunday yirik loyihalar Sirdaryo viloyatida ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Boyovut tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hududni zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.
Mazkur loyiha 2-bosqichda amalga oshirilayotgan bo’lib, birinchi bosqichda 24 ta, ikkinchi bosqichda esa 31 ta ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi ko’zda tutilgan. Umumiy xisobda 55 ta ko’p qavatli uy binosi 4 104 ta xonadondan iborat.
Bugungi kunda 31 ta ko’p qavatli turar-joy binolari foydalanishga topshirilib, 2 500 ga yaqin xonadonlar o’z egalariga topshirilgan.
Shuningdek, bosh rejaga asosan massiv hududida maktab, bog’cha, olaviy poliklinika, Issiqlik qozonxonasi, Sayilgoh va boshqa turdagi binolar qurilishi belgilangan.



