20.2 C
Gulistan
spot_img
Korrupsiyaga qarshi kurashish

O'zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019 yil 30 avgustda tasdiqlangan “Yo’l xaritasi”ning 4-bandi bilan Qurilish vazirligi tizimida BMT Taraqqiyot dasturi ko’magida tanlov o’tkazish asosida, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 72-f-son farmoyishi ijrosi yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va BMT Taraqqiyot dasturi ko’magida Qurilish vazirligi tizimida xalqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish “komlaens nazorat” tizimini joriy etish belgilangan farmoyish ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

Xalqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning birinchi bosqichida qurilish sohasiga taalluqli 25 ta qonun va 30 ta vazirlik ichki hujjatlari tahlil qilindi. Shuningdek, KPMG ekspertlari tomonidan 27 nafar vazirlik boshqarmalari va bo’lim boshliqlari bilan 40 soatlik intervyu o’tkazilib, tizimda yuzaga kelayotgan korrupsion holatlar kelib chiqishining 70 ta sababi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan xorijiy ekspertlar tomonidan 50 ta tavsiya ishlab chiqildi. Natijada KPMG ekspertlari vazirlik faoliyati to’g’risida umumiy hisobot ishlab chiqildi.

KPMG ekspertlarining mavjud xatarlarni hisobga olgan holda vazirlikning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi hisoboti tayyorlandi va ushbu tavsiyalar asosida vazirlik tizimida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarning sabab va shart-sharoitlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarning taʼsirchanligini oshirish borasidagi “Yo’l xaritasi” Qurilish vazirinig 2021 yil 9 martdagi 49-son buyrug’i bilan tasdiqlandi.

“Yo’l xaritasi” 7 bob va 76 banddan iborat bo’lib, unda:
1. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
2. Ichki hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
3. Komplaens-nazorat funksiyasini tashkil etish;
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo’yicha maʼlumot berish va ommalashtirish;
5. Avtomatlashtirish;
6. Vazirlik funksiyalarini bajarilishini takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar;
7. Boshqa tadbirlar nazarda tutilgan.

Hozirgi kunda vazir bo’yrug’i asosida vazirlik tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlarda ichki buyruq bilan moslashirilgan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilib, aniq ijrochilar hamda muddatlar qo’yilib, ijroga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 mayda “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 321-son qarori qabul qilindi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo’yicha 2020 yil 24 dekabr kuni tasdiqlangan “Yo’l xaritasi” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 28 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo’mitasining 2021 yil 19 maydagi 06/1-02/596-son qarori ijrosini taʼminlash to’g’risida”gi 114-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Yo’l xaritasi” chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo’mitasining 2020 yil 29 iyundagi “Sog’liqni saqlash, taʼlim va qurilish sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyat to’g’risida”gi 27-son qarorida berilgan topshiriqlar va Qurilish vazirining 2020 yil 15 sentyabrdagi 250-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Chora-tadbirlar” rejasi ishlab chiqilib, ijrosi olib borilmoqda.