Ertaga, 9-noyabrdan, ko‘p kvartirali uylarga bosqichma-bosqich issiqlik berish boshlanadi. Shu munosabat bilan xonadonlaringizdagi isitish radiatorlari (batareyalar) va tik quvurlar (stoyaklar) holatini oldindan tekshirishingizni so‘raymiz.
Suv sizib chiqishi, tomchilashi yoki boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda, zudlik bilan uyingizga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkiloti yoki mas’ul mutaxassislarga xabar bering.
Isitish tizimiga suv to‘ldirish va issiqlikni ishga tushirish vaqtida radiatorlar hamda tik quvurlarni nazoratsiz qoldirmasligingizni so‘raymiz. Nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash xonadoningiz va qo‘shnilaringizning uylarini suv bosishining oldini olishga yordam beradi.



