21.8 C
Gulistan
spot_img

Shirin shahrida “Byudjet mablag‘lari: ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Shirin shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Byudjet mablag‘lari: ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida joriy yilda shahar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy soha obyektlarini yangilash va hududlarni obodonlashtirish maqsadida ajratilgan byudjet mablag‘larining sarflanishi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun 4 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘lar hisobidan ichki yo‘llarni asfaltlash, ta’mirlash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Davlat” dasturi doirasida Shirin shahar Do‘stlik mahallasida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli uni buzib, o‘rnida zamonaviy ikki qavatli bino qurish belgilangan. Ushbu loyiha uchun 3 milliard 461 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mablag‘lar yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini barpo etish ishlariga yo‘naltirilgan.

Bundan tashqari, Shirin shahar Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limini rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash uchun 2 milliard 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘lar hisobidan rekonstruksiya va jihozlash ishlari to‘liq yakunlanib, bo‘lim foydalanishga topshirilgan.

Matbuot anjumanida “Tashabbusli byudjet” dasturining 2026-yil birinchi bosqichi yakunlari ham alohida qayd etildi. Unga ko‘ra, Shirin shaharda 5 ta loyiha g‘olib deb topilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun jami 6 milliard 590 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar aholi tashabbuslari asosida hududlarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy obyektlar sharoitini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan bergan savollariga batafsil javoblar berildi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar