Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan Xovos tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o’tkazildi.
Qabul davomida qurilish va kommunal sohasi bo’yicha muammolari bilan jami 15 nafar fuqarolar ishtirok etishib, asosan bolalar maydonchasi qurish, ko’p qavatli uyni ta’mirlash, tom qismini ta’mirlash, noqonuniy qurilishlar va boshqa turdagi murojaatlar tinglandi. Shuningdek, 3 nafar fuqaroga belgilangan tartibda huquqiy tushuntirishlar berilib, 5 nafar fuqaroning murojaati esa joyida hal etildi.
Bundan tashqari 7 nafar fuqaroning murojaatlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ularning ijrosi nazoratga olindi.






