Mirzaobod tumani «Yangi O’zbekiston» massivida joylashgan ko’p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan oqova suv tarmoqlarida nosozlik to’g’risida Boshqaruv servis kompaniyasining 24/7 dispetcherlik xizmatiga murojaat yo’llashgan.
«Rivojlanish kommunal servis» Boshqaruv servis kompaniyasi ishchi xodimlari tomonidan aholidan tushgan murojaat yuzasidan o’rganish olib borishdi. O’rganish jarayonida ko’p qavatli uyni tutash hududida joylashgan oqova suv qudug’ida tiqilishlar yuzaga kelganligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, Maxsus texnika yordamida oqova suv tarmoqlari tozalanib, tarmoqlar soz holatga keltirib berildi.






