10.4 C
Gulistan
spot_img

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov Olimpiya shaharchasi hududiga bordi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov Toshkent shahrining sharqiy qismidagi 100 gektarlik maydonda qurilayotgan Olimpiya shaharchasi hududiga bordi.  Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu shaharchada 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.
Ushbu loyiha 70 ta mamlakatda sport inshootlari qurgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. 

Bunda asosiy inshootlar — 10 ming o‘rinli stadion, 2 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qad rostlamoqda.
Shuningdek, 4 qavatli ma’muriy bino, 15 ta ochiq sport maydoni, yugurish yo‘laklari, bog‘lar barpo etiladi. Umuman, shaharchaning 54 foiz maydoni yashil hudud bo‘ladi. Buning uchun 37 gektarda sun’iy ko‘llar tashkil qilinadi.

Xorijlik quruvchi kompaniya rahbarlari bilan kechgan muloqotda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov qurilishda qo‘llanilayotgan har bir jihatga diqqat bilan e’tibor qaratdi. Xususan, qurilish materiallarining sifati, ekspluatatsiyasi kabi masalalar xususida o‘zaro fikr almashildi. Ishlarni puxta va o‘z muddatida bajarilishi bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bugungi kunda shaharchada binolarning asosiy ishlari to‘liq bajarilgan. 5 ta majmuaning konstruksiyalari tiklanib, qad ko‘targan. Qurilishga mingga yaqin ishchi va muhandislar, maxsus texnikalar jalb qilingan.

Shaharchada paralimpiya o‘yinlari ham o‘tkazilishi bois jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun qulay yo‘llar va alohida sektorlar tashkil etiladi.
Prezidentimiz tavsiyasiga muvofiq majmuada qayta tiklanuvchi energiyadan ham foydalaniladi. Yillik quvvati 10 megavatt 56 ming kvadrat/metr quyosh panellari o‘rnatiladi.

Tegishli maqolalar

1 izoh

  1. Привет! Это комментарий.
    Чтобы начать модерировать, редактировать и удалять комментарии, перейдите на экран «Комментарии» в консоли.
    Аватары авторов комментариев загружаются с сервиса Gravatar.

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar