36.9 C
Gulistan
spot_img

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi oʻrganildi

Sirdaryo viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda profilaktik nazorat ishlarining samaradorligini oʻrganishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimi J.Fayziyev tomonidan tashkil etildi. Unda viloyat qurilish bosh boshqarmasi rahbar hamda masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Oʻrganishlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktik nazorat mexanizmlarining samaradorligi hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish choralari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, xizmat faoliyatida shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qatʼiy rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda mavjud xavflarni oʻz vaqtida aniqlash boʻyicha tushuntirishlar berildi.

▪️Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida profilaktik chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish, masʼul xodimlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini muntazam oshirib borish boʻyicha tavsiyalar bildirildi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar