Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida chalingan kelajak qo’ng’irog’i har bir qalbda aks-sado berdi.
Guliston shaharBahor mahallasidagi 14—sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tgan «So’ngi qo’ng’iroq» tadbirida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i Dilshod Ruzmatov ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig’i Dilshod Ruzmatov dastlab Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Ularni mustaqil hayotda o’z o’rinlarini topishlari, davlatga, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo’lib yetishishlariga umid bildirdi.