Aziz bolajonlar!
Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlar yurtimizning ertangi kuni, oilalarimizning quvonchi va kelajagimiz umidisiz. Doimo sog‘lom, baxtli, bilimga chanqoq va orzu-intilishlaringizga erishadigan farzandlar bo‘lib ulg‘ayishingizni tilaymiz.
Bolalikning har bir kuni quvonch, kulgu va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin. Ko‘nglingizdagi ezgu niyatlar amalga oshib, hayotingiz yorqin muvaffaqiyatlarga to‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!



