20.2 C
Gulistan
spot_img

18-aprel Kommunal soha xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari taqdirlandi

Bugun 18-aprel O’zbekiston Respublikasi kommunal soha xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. tadbirda Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i v.b B.Samatov tomonidan barcha soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining buyrug’iga asosan sohada fidokorona va halol mehnati uchun o’z hissasini qo’shgan kommunal a’lochisi ko’krak nishoni bilan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi. Hususan boshqarma bosh mutaxassisi Nuriddin Isakov, Yangiyer shahar bolimi bosh  mutaxassisi Doston Axmatov, Mirzaobod tuman bosh mutaxassisi Qaxramon Berdiyorov, Guliston tumanida mavjud ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi «Dexqonobod kommunal servis» boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Gulbahor Xayrullayeva hamda Shirin shahrida mavjud ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi «Shirin sity kommunal xizmat» Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Rano Bekmuradovalarga kommunal a’lochisi ko’krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Qolaversa, tadbir davomida bir guruh rahbar xodimlariga va Boshqaruv servis kompaniyalariga boshqarma tomonidan Tashakkurnoma ham topshirildi.

Shu bilan birga tuman va shaharlaridagi ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi bir nechta oilalarning farzandlariga Hatna to’ylari ham o’tkazib berildi hamda ularga sovg’alar topshirildi.

Tadbir ko’tarinki ruhda davom etdi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar