11.4 C
Gulistan
spot_img

Yangiyerdagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishining ilk bosqichi yakunlandi

Loyiha ikki bosqichli bo‘lib, 16 gektarli hududda 5 ming aholiga mo‘ljallangan 50 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ilk uylar aholi manziliga aylanib ulgurdi. 400 xonadonli 20 ta uy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yil yakuniga qadar yana 30 ta uy qurib bitkaziladi. Uylardan tashqari mahalla markazi, zamonaviy ta’lim dargohlari, tibbiyot muassasalari, sport majmuasi, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari qad rostlaydi. Aholi barcha ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanadi. Bo‘sh maydonlarga daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.

E’tiborli jihati, aholini ish bilan ta’minlash uchun massiv yaqinida kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Unda bugunga qadar 21 ta loyiha joylashtirilgan. 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar