O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining mas’ul xodimlari va Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i D.Ruzmatov birgalikda tadbirkorlar muammolarini o’rganish va ularning muammolarini hal etish yuzasidan boshqarma majlislar zalida sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin quruvchi pudrat tashkilotlari va loyihachi tashkilotlar tomonidan binolarni qurish jarayonida va loyiha xujjatlarini tayyorlash hamda ekspertiza xulosalarini olish kabi muammolarini bildirib o’tishdi.
Shuningdek, sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda hal etilishi yuzasidan kerakli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.