11.8 C
Gulistan
spot_img

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i Dilshod Rizamatovich Ruzmatovning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha murojaati

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xalq farovonligini taʼminlash va inson qadrini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiya — bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadigan, inson huquqlari buzilishiga olib keladigan, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladigan, hayot sifatini yomonlashtiradigan va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan dahshatli illatdir.

Joriy yilning 5-mart kuni boʻlib oʻtgan hurmatli Prezidentimiz raisligida korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligi va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida soʻzlagan nutqlarida Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri  ekanligi, “Shaffof qurilish” dasturi amalga oshirilgandan soʻng bu yoʻnalishda ham ijobiy oʻzgarishlar sezilib, investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarni, qurishda pudrat tashkilotlari obyektlarni qurishida ishtirok etgani va sohani raqamlashtirish hisobiga budjet mablagʻlari tejalayotganligi eʼtirofga sazovar bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyoti shiddat bilan oʻzgarib borayotgan sharoitda hech bir sohani raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmasligini bildirib, “Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar” deb taʼkidladilar. 

Shu sababli Yangi Oʻzbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.

Xususan, hujjatlar almashinuvida inson omilining aralashuviga yoʻl qoʻymaslik, bunda elektron hujjat aylanishini taʼminlash maqsadida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishga tushirilgan.

Davlatimiz rahbarining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida amalga oshirilgan ushbu loyiha bilan qurilish obyektlarini rekonstruksiya qilish, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ekspertiza, nazorat va monitoring faoliyatlari toʻliq raqamlashtirildi.

 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari boshqa davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilindi.

 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida elektron hujjat almashinuvi joriy etildi.

Viloyatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “e-ijro auksion” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishning eng muhim jihatlaridan biri boshqaruv tizimida “inson omili”ni kamaytirish uchun davlat va jamiyat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir. Shu maʼnoda vazirlik tomonidan sohani raqamlashtirish, kommunal toʻlovlar tizimi shaffofligini taʼminlash maqsadida “Mening uyim” billing tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, unda koʻp kvartirali uylardagi aholining majburiy badal toʻlovlari (kvartplata)ni elektron shaklda toʻlash va oʻz navbatida yurtdoshlarimiz tomonidan boshqaruv tashkilotlarining moliyaviy xarajatlarini onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Bosh boshqarma tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida profilaktik tadbirlar, xususan, xodimlar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirish, suhbatlar oʻtkazish, targʻibot ishlarini amalga oshirish hamda Adliya boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda seminarlar o‘tkazish bilan keng koʻlamli ishlar amaga oshirilib kelinmoqda.

Murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin qonuniy choralar koʻriladi.

Muhtaram Prezidentimiz “Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur” deb taʼkidlganlaridek, Bosh boshqarma ham oʻz navbatida   bevosita korrupsiyaga toqatsiz munosabatini shakllantirishda va unga qarshi kurashishda barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishga shaydir.

Oʻz navbatida, fuqarolardan Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘lim xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh boʻlganida yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotga ega boʻlishganida Bosh boshqarmaning 67-225-03-58 raqamili yoki vazirlikning 71-210-11-04 (ichki 1066) ishonch telefonlari hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi aloqa kanalihttps://www.facebook.com/sirdaryo.arxitektura, telegramm messenjerdagialoqa kanalihttps://t.me/sirdaryovilujkxkbva rasmiy veb-saytdagi aloqa kanalihttps://sirdaryagus.uz/ manzillari orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

Shuningdek, Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarda mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimlarni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol hamda xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.

D. Ruzmatov

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar