8.7 C
Gulistan
spot_img

Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov boshchiligida Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o’tkazilmoqda

Tadbirkorlar, BSK rahbarlari va aholi vakillari sohaga oid o’zlarini qiziqtirgan muammolar bilan murojaat qilishmoqda.

Jarayonda asosan ko’p qavatli uyning tomini ta’mirlashda amaliy ko’mak so’raldi. Vazir o’rinbosari bu vaziyat bo’yicha zudlik bilan joyida ishchi guruh tashkil etib, masalani hal qilish yuzasidan ko’rsatma berdi.

Xususan, «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi bilan bog’liq muammolar bo’yicha ham tadbirkorlarga tegishli yo’nalishlar berildi.

Shuningdek, reyting tizimida ballari tushib ketayotgan tadbirkorlarga har bir hujjatni yangi mezon talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri to’ldirishlari, ma’lumotlarni ochiq ko’rsatishlari, texnika va xodimlarga haqqoniy soliqlarni hisoblash reyting ballarini yaxshilanishiga olib kelishi tushuntirildi.

Sayyor qabul davomida Toir Alimatov tomonidan har bir murojaat bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilanmoqda.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar