Bugun boshqarmada tashkil etilgan yig’ilishda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi departament boshlig’i M.Safarov hamda Sirdaryo viloyati hokimligini qurilish kotibiyati mudiri D.Qurbonovlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, departament boshlig’i M.Safarov so’zga chiqib, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining tegishli buyrug’iga asosan Shodiyor Musurmonqulov Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari — Bosh arxitektor va Doston Axmatov Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari — Uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish va ekspluatatsiya ishlarini muvofiqlashtirish bo’yicha bosh muxandisi lavozimlariga tayinlanganligini aytib, vazir buyrug’ini o’qib eshittirdi.
Yig’ilish so’ngida qurilish va uy-joy kommunal sohasida bajarilayotgan ishlar va yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar muhokama qilinib, rahbar xodimlarga ko’rsatmalar berildi.







