16.2 C
Gulistan
spot_img

Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatnomasiz qurish uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Qurilish sohasida davlat nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunchilik o‘zgarishlari qabul qilindi.

O‘RQ–1179-son Qonun (28.09.2026-y.) bilan qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma talab etiladi.

«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan tegishli ruxsatnoma olish talab etiladi.

Ruxsatnomasiz ko‘p kvartirali uy qurishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni tegishli ruxsatnomasiz qurish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa,

— 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

— Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatida odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar yuzaga kelsa,

— 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar