«Qurilish sohasi xodimlari kuni»ni keng nishonlash maqsadida tashkil etilgan bayram tantanasida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati so’zga chiqib tashrif buyurgan mehmonlarni bayram bilan tabriklab, soha vakillarining mamlakatimiz, xususan, Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, zamonaviy va obod qiyofasini yaratishdagi munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Qurilish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning ko‘p yillik tajribasi va yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida qurilish sohasida fidokorona xizmatlari va viloyatimiz rivojlanishida o’z xissalarini qo’shib kelayotgan rahbar xodimlarimiz tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri ko’tarinki ruhda davom etdi.









