Har qanday qurilish sifati puxta loyiha va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishidan boshlanadi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Taqdim etilgan hujjatlar «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali vakolatli organ va Arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar loyiha shaharsozlik normalari va qurilish qoidalariga to‘liq mos bo‘lsa, ariza beruvchiga QR-kod bilan tasdiqlangan ijobiy xulosa taqdim etiladi.



