Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi yakuniy natijalari eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 82,1 ball bilan “yashil” toifadan o‘rin oldi.
Mazkur baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olinib, jarayon 8 ta indikator va 84 ta mezon asosida amalga oshirildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” toifada baholandi.
Shuningdek, 2022-yil natijalari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagi tashkilotlar soni 3,5 barobarga oshgani ochiqlik borasidagi tizimli islohotlar samarasini ko‘rsatmoqda.




