Guliston shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalarining tungi ish faoliyati va 24/7 dispetcherlik xizmati faoliyatlarini o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ishchi guruhi tuzildi.
Birinchi manzil Sayqal mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi «Komila grand xous» MCH Boshqaruv o‘rgani bo‘ldi. O‘rganish jarayonida BSK tomonidan 24/7 avariya dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yilmaganligi va xodimlari ish faoliyatida yo‘qligi sababli dispetcherlik shtabi qarovsiz qolganligi ma‘lum bo‘ldi. Mas‘ullarga tegishli tartibda qattiq ogohlantirish berildi.






