O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-B-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i Dilshod Ruzmatov Arxitektura yo’nalishini tamomlagan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan boshqarmada uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yosh mutaxassislar bilan ochiq va samimiy muloqot bo’lib o’tdi. Shuningdek, bitiruvchilar tomonidan kelajakda Arxitektura sohasida malakali mutaxassis bo’lib yetishish va kelgusida vatanimiz gullab yashnashi, yangi loyihalar ishlab chiqish hamda viloyatimiz ko’rkiga-ko’rk qo’shadigan yangi binolar qurilishida o’z xissalarini qo’shish istaklari borligini aytib o’tishdi.
Shu bilan birga bitiruvchilarni yo’nalishlari bo’yicha boshqarmada malakalarini oshirib, bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlanishi yuzasidan kelishib olindi.



