11.8 C
Gulistan
spot_img

Viloyat rahbari oqova suv tozalash inshootiga bordi

Viloyat rahbari Erkinjon Turdimov Guliston shahar oqova suv tozalash inshooti faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Inshootda yangi texnologiyalar bilan jixozlangan laboratoriya hamda bajarilgan ishlar va ishga tushirish jarayonlari bilan tanishdi.

Viloyat rahbari Guliston shahrida 27 yildan ortiq vaqt davomida oqova suv tozalash inshooti ishlamaganligi bois, oqova suvlar “Mirzacho‘l” ochiq zovuriga chiqarilganligini bildirdi. Bugungi kunda zovur tozalanayotganligini aytib, endilikda barcha oqova-suvlar quvvati bir kunda 25 ming metr kub oqova suvlarni qayta ishlash, 90 foizgacha tozalash va sug‘orish maydonlarida foydalanish imkonini beruvchi ushbu inshootda qayta ishlanishini ma’lum qildi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar