9.5 C
Gulistan
spot_img

Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Ruzmatov tomonidan Guliston Davlat Universitetining Dizayn (interyerni loyihalash) yo’nalishida taqsil olayotgan talaba yoshlar bilan boshqarmaning majlislar zalida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirda yoshlar bilan yaqindan tanishish, fikr mulohalazalarini tinglash va ularni kelajakda o‘z o’rinlarini topishga qaratildi.

Uchrashuv davomida Dilshod Ruzmatov yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, qurilish sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan ham tanishtirdi.

Shuningdek, San‘atshunoslik fakultetining Dizayn (interyerni loyihalash) yo’nalishida taqsil olayotgan talaba yoshlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida duol ta’limi yo‘lga qo’yildi. Bunda talaba yoshlari arxitektura yo’nalishida tashkilotning o‘zida amaliy mashg‘ulot o’tashi mumkin bo‘ladi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar