O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 465-sonli qaroriga asosan Guliston shahri “Bo‘ston” MFY dagi 52 ta ko‘p qavatli uylardagi 2 409 ta xonadonni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida RK-1 va RK-2 yangi markazlashgan qozonxonalarning qurilishi va 2,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini tortish ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirilgan.
Ko‘p qavatli uylarni to‘liq issiqlik bilan ta’minlanishi natijasida yillik 3,5 mln m kub tabiiy gazdan, 12,8 mln kVt/soat elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishiladi.
52 ta ko‘p qavatli uylarning 85 foizida ichki issiqlik tarmoqlarini qurish ishlari yakuniga yetkazilgan.



