9.5 C
Gulistan
spot_img

Erkinjon Turdimovning Mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, Aziz Sirdaryoliklar!

Hurmatli mehmonlar!

Yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yillik bayrami tumanlarda, shaharlarda va mahallalarda keng nishonlanmoqda.

Barchangizni eng ulug‘, eng aziz ayyom  YURTIMIZ MUSTAQILLIGINING o‘ttiz to‘rt yillik bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Hurmatli bayram ishtirokchilari!

Yangi O‘zbekistonda tamomila yangicha qiyofa kasb etayotgan viloyatimizda bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning biz Sirdaryoliklarga bo‘lgan doimiy e’tiborlari natijasida viloyatimiz aholisining turmush tarzi kundan-kunga yaxshilanib bormoqda.

Joriy yilning 6 mart kuni qabul qilingan “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-93-son va 9 iyunda qabul qilingan “Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasini yangi yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-198-son qarorlar viloyatimizda yangi bir rivojlanish bosqichini boshlab berdi.

Fursatdan foydalanib, Muhtaram Prezidentimizga bugun Sirdaryoliklarga berayotgan e’tibori va g‘amxo‘rliklari uchun Sizlarning va sizlarning timsolingizda butun Sirdaryoliklar nomidan tashakkur bildirishga ruxsat bergaysizlar!

Aziz do‘stlar!

Viloyatimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 2 milliard 77 million dollarlik 762 ta loyihalar paketi shakllantirilgan.

Shundan, qiymati 1 milliard 462 million dollarlik
66 ta loyiha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar hisoblanadi.

Joriy yilning o‘tgan davrida 170 million dollarlik
296 ta loyihalar ishga tushirildi.

Qolgan 1 milliard 907,7 million dollarlik 465 ta loyihalarda loyihalashtirish va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yil yakuniga qadar 730,6 million dollarlik 756 ta loyihalar ishga tushiriladi. Buning natijasida ushbu dastur doirasida jami 19 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Kecha va bugun Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Sirdaryoda biznes qiling” xalqaro investitsiya forumi ham viloyatimiz kelajagi uchun muhim qadam bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman.

Ushbu forumda 20 dan ortiq mamlakatlarning 200 dan ortiq xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar qatnashganligi va forum doirasida 1 milliard 872 million dollarlik 114 ta yangi kelishuvlarga erishilgani yuqoridagi fikrimizni yorqin dalilidir.

2025 yilning o‘tgan 8 oyligi Sizlarning sa’y-harakatlaringiz bilan viloyatimiz uchun barakali keldi deb aytishim mumkin.

Joriy yilda viloyatimizda barcha manbalar jumladan, Davlat dasturlari, xalqaro moliya institutlari hisobidan jami 5,1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi va o‘tgan davr mobaynida ushbu mablag‘larning 73 foizi o‘zlashtirildi (3,7 trillion so‘m).

Viloyatimizning markazi bo‘lgan Guliston shahrida ichimlik suvi ta’minoti vaqtbaydanuzluksiz suv ta’minotiga o‘tkazilayotganligi va bu ishlar uchun markaziy byudjetdan 60 milliard. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib,
1 oktyabrga qadar yakunlanishi shahar aholisi uchun muhim voqelik deb hisoblayman.

Shu bilan birga, investitsiya dasturidan tashqari Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘shimcha 1 trillion
300 milliard so‘m
 mablag‘ hisobidan 47 ta maktab, 45 ta bog‘cha, 38 ta tibbiyot va boshqa ko‘plab infratuzilmaviy ob’ektlarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Yangier shahri va SirdaryoGulistonSayxunobod tumanlarida ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha 473 km tarmoq tortish, 239 ta suv inshootlarini qurish
va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan.

Bulardan tashqari, Guliston shahridagi Shimoliy suv inshootidan Yangier shahri ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun diametri 630 mm 33 km uzunlikda ichimlik suv tarmog‘i qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

BoyovutGulistonOqoltinSardoba va Sirdaryo tumanlari markazlarida oqova suv ta’minotini yaxshilash uchun 232,2 km tarmoq tortiladi, 21 ta nasos stansiyasi
va quvvati 16,7 ming metr kub bo‘lgan 5 ta oqova suv tozalash inshootlari yangidan quriladi.

GulistonShirin va Yangier shaharlarida oqova suv (kanalizatsiya) tizimlarini yaxshilash maqsadida quvvati
41 ming metr kub sutkaga teng bo‘lgan 3 ta tozalash inshooti
va 22 ta nasos stansiyasi yangitdan qurildi hamda 112,7 km tarmoqlar tortilib, foydalanishga topshirildi. Guliston shahridagi 51 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 173 ta xonadonlar oqova suv tarmog‘iga ulandi.

Shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan GulistonYangier shaharlari va OqoltinSayxunobod tumanlaridagi 81 ta ko‘p qavatli uylarni yerto‘la qismidagi oqova suv (kanalizatsiya) tizimlari yangilanib, tarmoqqa ulanmoqda.

So‘nggi yillarda aholining keng noroziliklariga sabab bo‘layotgan umumfoydalanuvdagi va ichki yo‘llarni to‘g‘rilash maqsadida 144 milliard so‘m mablag‘ hisobiga jami 7 km umum-foydalanuvdagi yo‘llar va 215 km ichki yo‘llarga ilk bor asfalt yotqizildi36 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi hamda 1 dona ko‘prik ta’mirlandi.

Natijada, 78 ta mahallada 300 mingdan ortiq aholini turmush sharoiti yaxshilandi.

Yil yakuniga qadar 376 kilometr yo‘llar, jumladan, 356 kilometr ichki yo‘llar va 3 ta ko‘priklar ta’mirlanadi.

Bugun biz asosiy e’tiborimizni ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratyapmiz.

2024-2025 o‘quv yilida 1 ming 917 nafar (bitiruvchiga nisbatan 17,6 foiz) bitiruvchilar Xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Xususan, ularning 70 nafari mahalliy oliygohlarga 100 foiz grant asosida hamda 38 nafari xorijiy oliy ta’lim muassasalariga grantni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro fan olimpiadalarida viloyatimiz o‘quvchilari
2025 yilda 11 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi 5 foizdan,
40 foizga, xalqaro va milliy sertifikatlari o‘tgan yilgi
5 foizdan 17 foizga oshdi.

2024-2025 o‘quv yilida 10 ming 879 nafar Sirdaryolik bitiruvchilarning 3 ming 222 nafar(30 foiz) Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi va Respublikada o‘qishga kirish bo‘yicha o‘tgan yilgi 13o‘rindan 4o‘ringa ko‘tarildik. Ushbu natijalarga erishishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ustoz va ta’lim fidoyilariga butun viloyatimiz xalqi nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Shu o‘rinda barcha o‘qituvchi va murabbiylarni ham boshlanayotgan yangi o‘quv yili va “Bilimlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qadrli bugungi tantanamiz ishtirokchilari!

Yurtimizda sportga berilayotgan yuksak e’tibor, sportning ommaviyligini oshirish DAVLAT SIYoSATI darajasiga ko‘tarilishi tufayli, viloyatimizda ham yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularni sportga keng jalb qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabaringiz bor, kuni kecha futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida Yangier shahrining “Abdurahmon Jomiy” mahallasi yoshlari Respublikada tengsiz ekanligini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba bilan g‘olib jamoani, ularning ustozlarini
va mahalla ahlini samimiy tabriklayman.

Bugun “Guliston markaziy o‘yingohi”da qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari yakunlanishi bilan tez orada katta futbolni Gulistonga qaytarish choralar ko‘rilishini Sizlarga mamnuniyat bilan bildiraman.

Millionlar o‘yinining viloyatimizga qaytishi – sog‘lom avlod va ommaviy sport sari muhim qadamdir.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun
14 nafar yurtdoshlarimiz Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib, barcha yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz!

Hurmatli Sirdaryoliklar!

Mustaqillik – eng avvalo, erkin hayottinchlik
va taraqqiyot demakdir. Biz bu ne’matni asrab-avaylashimiz, uning mazmun-mohiyatini har bir xonadonhar bir oila va har bir inson hayotida yanada namoyon etishimiz lozim.

Shu ulug‘ bayram arafasida Sizlarga chuqur minnatdorchilik bildirib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun rahmatlar aytaman.

Barchangizni yana bir bor, Mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yillik bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralarning baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar