Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi bunosida payshanba kuni «yoshlar kuni» doirasida Sirdaryo yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Boshqarma boshlig’i so’zga chiqib, qurilish jarayonlari, loyihalar ishlab chiqish, viloyatimizda yangi qurilayotgan bino va inshootlar, ekspertiza faoliyati hamda kommunal soha bo’yicha aytib o’tdi.
Shu bilan birga talabalarni arxitektura va qurilish yo’nalishni puxta o’rganib, malakali mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun boshqarmada hamda loyiha institutlarida malakali mutaxassislardan ish o’rganishlari va kelgusida ish bilan ham ta’minlanishi borasida kelishib olishdi.









