9.5 C
Gulistan
spot_img

Guliston tumanidagi ko‘p qavatli uylarda yangi nafas, yangilangan hayot tarzi hukm surmoqda

Bugun Guliston tumanida aholining farovonligi, yashash sharoitlarini yaxshilash va uy-joy kommunal xizmatlari sifatini oshirish maqsadida navbatdagi press-tur tashkil etildi. Tadbirda tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Press-tur davomida A.Yassaviy va “Do‘stlik” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganilib, u yerdagi o‘zgarishlar bilan bevosita tanishildi. Tuman hududida jami 36 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ulardan 25 tasiga “Boshqaruv servis kompaniyasi” xizmat ko‘rsatmoqda. Qolgan 11 tasi esa o‘zini o‘zi boshqaruv asosida faoliyat yuritmoqda. Mazkur uylardan 6 tasi 4 qavatli, 30 tasi esa 2 qavatli binolardir. Press-tur ishtirokchilari ushbu uylar atrofiga tashrif buyurib, so‘nggi yillarda olib borilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 oyiga qadar amalga oshirilgan chora-tadbirlar mahalla aholisining hayot sifatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Jumladan, 4 mln 140 ming so‘mlik mablag‘ evaziga 46 ta harakat datchiklari o‘rnatildi. 62 mln 900 ming so‘m hisobiga 37 ta temir eshik yangilandi. 16 mln 800 ming so‘mga 21 ta eshik elektron qulf bilan jihozlandi. 45 ta oynalarga sellofan qoplamalar tortildi. 25 ta uy atrofiga 490 tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi.15 ta yer to‘lasi taʼmirlanib, foydalanishga yaroqli holatga keltirildi. 50 mln 600 ming so‘mga 46 ta kirish yo‘lagi joriy taʼmirdan chiqarildi. 384 ta dudburon tozalanib, sanitariya talablari taʼminlandi. 8 ta bolalar maydonchasi va 8 ta hojatxona taʼmirlandi.

Press-tur so‘ngida ishtirokchilar tuman markazida rejalashtirilayotgan yangi turar-joy majmuasi loyihasi bilan ham tanishtirildi. Tadbirkorlik asosida barpo etilishi ko‘zda tutilgan ushbu 5 qavatli binolarning birinchi qavati maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchi qavatdan beshinchi qavatgacha 1, 2 va 4 xonali jami 83 ta zamonaviy xonadon barpo etilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, mavjud muammolarni joyida ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shubhasiz, amalga oshirilayotgan bu kabi izchil va tizimli ishlar Guliston tumanida ko‘p qavatli uy-joylar infratuzilmasini zamon talablariga mos tarzda rivojlantirish, eng asosiysi esa, odamlarning hayot darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Kelgusida bu boradagi ishlar yana-da kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar