20 C
Gulistan
spot_img

Joriy yilning 9-sentabr kuni «Yangi O’zbekiston» gazetasida «To’ra Sulaymon uy-muzeyining ochilishi yana cho’zilmaydimi» nomli ma’qolasi e’lon qilingan edi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 321-sonli qarori hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-martdagi 73-9-0-F/23-sonli farmoyishiga asosan Mirzaobod tumanida tashkil etilgan To’ra Sulaymon uy-muzeyi binosining rekanstruksiya qilish, qo’shimcha binolar qurish va atroflarini obodonlashtirish hamda shoir haykalining postamentini barpo etish loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, To’ra Sulaymon uy-muzeyini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2024-yil 11-iyulda bosh pudratchi «Boyovutlik Islombek Trans» MCHJ bilan 101169-sonli 1.8 mln. so’mlik shartnoma imzolangan. Ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazib foydalanishga topshirish muddati shartnomaga asosan 118 kun ya’ni 2024-yil 17-noyabr etib belgilangan.

«Boyovutlik Islombek Trans» MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari bugungi kunga qadar jami 1.3 mln. so’m miqdorida ishlar bajarilgan. Quruvchi pudrat tashkilotiga Sirdaryo viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan jami 1.2 mln. so’m miqdorida moliyalashtirib berilgan.

To’ra Sulaymon uy-muzeyini ta’mirlash ishlari jarayonida poydevor, g’isht terish, seysmopoys quyish, shlakoblokli devor to’siq, pol ishlari, santexnika, elektr 1 tsikl ishlari, ichki suvoq, tom qismlaridagi ishlari to’liq yakuniga yetkazilgan bo’lib, pardozlash ishlari esa 50% ga bajarilgan.

Shoir haykalini yasash uchun badiy akademiyasiga pudratchi «Boyovutlik Islombek Trans» MCHJ tomonidan buyurtma berilib, kelishilgan to’lovlar o’tkazib berilgan. Shoir To’ra Sulaymon haykali 2024-yil 7-noyabr kuni olib kelinib, uy-muzeyining belgilangan qismiga o’rnatiladi.

Tegishli maqolalar

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqada qoling

237ObunachilarKabi
314KuzatuvchilarKuzatish
249ObunachilarObunachi
- Tadbirlar -spot_img

So'nggi maqolalar