Avval xabar berilganidek, Soliq qo‘mitasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari hamkorlikda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi va “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasidagi umumiy nomdagi qurilish materiallariga tegishli MXIKlar o‘rganib chiqildi.
Birinchi bosqichda, bugungi kunda EHF rasmiylashtirishda foydalanilayotgan qurilish materiallariga biriktirilgan umumiy nomdagi jami 200 ta kodlar ajratib olinib, joriy yilning 1-iyulidan boshlab foydalanishga cheklov o‘rnatiladi.
👉Ro’yxat
Shu bois, ro‘yxatda keltirilgan faol holatdagi qurilish materiallari kodlarini tegishliligiga ko‘ra boshqa detallashtirilgan MXIKlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, bugungi kunda qurilish materiallariga biriktirilgan umumiy nomdagi MXIKlar puxta o‘rganib chiqilmoqda va o‘rganish yakuni bilan, ya’ni 2026-yil 2-aprel kuni mazkur ro‘yxat qo‘shimcha yangi 200 dan ortiq MXIKlar bilan to‘ldiriladi.
Tadbirkorlar o‘z mahsulotlari uchun aniq MXIKni belgilash yoki yangi MXIK yaratish maqsadida https://mkinfo.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, so‘rov oynasida tegishli maydonlarni to‘ldirib, elektron murojaat yuborishlari mumkin.
Yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha savollar tug‘ilgan taqdirda, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga telegram yoki quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
☎️ +998 71 210-11-04 (ichki 6005, 6006, 6007)



