12 C
Gulistan
spot_img

Tenderda g‘olib bo‘lganimizdan keyin ball kamayib qoldi? Loyihalashtirishni tugatdik, ammo ball qaytmadi. Nima qilish kerak?

Barcha g‘olib bo‘lgan tashkilotlarni ballari vaqtincha 5 yoki 2 foizga chegirma bo‘ladi.

 

Qurilish yoki loyihalashtirish tugab, barcha ma’lumotlar topshirilgandan keyin ball o‘z o‘rniga avtomatik tarzda qaytadi. G‘olib tashkilot shaxsiy kabinetiga kirib, «Mening tenderlarim» bo‘limida lot ustiga bosadi va o‘ng tarafning tepasidagi «Akt vvod»ni (qurilish uchun) yuklab buyurtmachiga yuboradi. Buyurtmachi tasdiqlangandan so‘ng u tiklanadi. 

 

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin esa chegirma avtomatik ravishda tiklanadi.

 

Shu jarayonda ball avtomatik tarzda qaytadi.

Noqonuniy qurilmalarga nisbatan qanday choralar ko‘riladi?

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

 

Obyektni qayta rejalashtirish (rekonstruksiya qilish) deganda quyidagilar tushuniladi:

 

  • binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini o‘zgartirish;

 

  • binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini o‘zgartirmasdan hajmi va maydonini o‘zgartirish;

 

  • bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga o‘zgartirish kiritish;

 

  • o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qo‘shimcha bino va inshootlar qurish Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2022 yildagi 200-son qaroriga 4-ILOVA “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma» berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilangan.

Ichimlik suvi tarmog‘idagi avariya xolatlari bo‘yicha kimga murojjat qilish kerak?

Ichimlik suvi tarmog‘idagi avariya xolatlari bo‘yicha “O‘zsuvtaʼminot” AJning qisqa aloqa markazi “1255” va telegramdagi Dispetcher 24/7 SUV (https://t.me/uzsuv_chat) — “O‘zsuvtaʼminot” AJ ga murojaat qilish kerak.

Ichimlik suvi taʼminotiga ulanish uchun nima qilish kerak?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31-martdagi Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida gi 256-son qarorida belgilangan parametrlar asosida:

 

1. Isteʼmolchi suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tishi va Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lashi kerak.

 

2. Davlat xizmatlari markazi (1 soat mobaynida) yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (avtomatik tarzda) texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti yuborishi kerak.

 

3. Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti tashkiloti 3 ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborishi kerak.

 

4. Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqiga ega.

Korxona bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladimi?

SavolTashkilotimiz umumqurilish va ijtimoiy obyektlar qurish bilan shug‘ullanadi. Ushbu yo‘nalish bilan bir qatorda melioratsiya va irrigatsiya sohasida ham faoliyat yurita oladimi?

 

Javob: Agar korxona 42210-42212 IFUT kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa umumqurilish-ijtimoiy bilan bir qatorda melioratsiya va irrigatsiya yo‘nalishida ham faoliyat olib borishi mumkin. Mezonda keltirilgan boshqa IFUT kodlari esa faqat bir yo‘nalishda ishlash imkonini beradi. 

 

Tashkilotingiz IFUT kodini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz Milliy Statistika qo‘mitasiga murojaat qilishingiz lozim. Unutmang, IFUT kodi sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingining yillik yangilanishidan so‘ng o‘zgaradi.

Uy-joy mulkdorlari shirkati vakolatiga nimalar kiradi?

Shirkat boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • shirkat aʼzolarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va uni o‘tkazishni tashkil etish; umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini saqlashga doir ishlar rejasining loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
  • shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish;
  • shirkat ustavi talablarining va shirkat aʼzolari umumiy yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini taʼminlash;
  • umumiy mol-mulkka hamda shirkatning mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish va uni taʼmirlash uchun tanlov asosida pudratchilarni tanlash;
  • tanlov g‘olibi bilan umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini saqlash, unga xizmat ko‘rsatish hamda uni taʼmirlash uchun shartnomalar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • umumiy mol-mulkning, yer uchastkasining va shirkat mol-mulkining asralishi hamda saqlanishi ustidan nazorat qilish;
  • shirkatning asbob-uskunalarini, anjomlarini va boshqa moddiy qimmatliklarini olish hamda sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, shuningdek ularni shirkatning balansidan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
  • shirkat aʼzolarining arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish; ish yuritish, buxgalteriya hisobini va hisobotini yuritish, mablag‘larning tushumi hamda sarflanishi hisobini shirkatdagi har bir ko‘p kvartirali uy bo‘yicha alohida-alohida yuritish;
  • shirkat aʼzolarining majburiy badallari to‘liq tushishini tashkil etish va taʼminlash; shirkat aʼzolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq shirkat mablag‘larini tasarruf etish.

 

Shirkat boshqaruvi shirkat aʼzolari oldida quyidagilar uchun javobgardir:

— umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatish va uni taʼmirlash ishlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq tanlov asosida tashkil etilishi; muhandislik tarmoqlariga va boshqa umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatishning lozim darajadagi sifati taʼminlanishi;

— taʼmirlash ishlarini belgilangan normalar va talablarga muvofiq sifatli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi; shirkat mablag‘laridan umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash uchun belgilangan maqsadda foydalanilishi;

— umumiy foydalanishdagi joylarning va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining lozim darajadagi sanitariya holati, ularning obodonlashtirilishi.

 

Shirkat boshqaruvi muntazam ravishda, biroq uch oyda kamida bir marta umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha ishlar rejalarining bajarilishi, amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan xarajatlar, majburiy badallarni yig‘ish, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda) to‘g‘risida shirkat aʼzolari oldida hisobot beradi.

 

Hisobotni taqdim etish shakli shirkatning barcha aʼzolari uchun hisobotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi kerak va u shirkat aʼzolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.