Kommunal xizmatlar bilan bog‘liq savollaringiz yoki muammolaringiz bormi? Endi ularni hal qilish yanada osonlashdi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Kommunal ta’minot markazi” DM tomonidan “Mening uyim” billing tizimi foydalanuvchilari uchun maxsus Call centre tashkil etildi.
Mazkur Call centre orqali:
• “Mening uyim” tizimidan foydalanish bo‘yicha savollaringizga tezkor javob olasiz;
• Ko‘p kvartirali uylarda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha amaliy yordamga ega bo‘lasiz;
• Boshqaruv organlari va aholi uchun tizimdan foydalanish jarayoni yanada qulaylashadi.
☎️ Murojaat uchun aloqa raqamlari:
• 71 211 00 04 (ichki raqam — 1503)
• 95 212 11 04
• 95 216 11 04



