Boyovut tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda bo‘lim boshlig‘i Jahongir Turdimurodov so‘zga chiqib, hududda olib borilayotgan qurilish ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va obodonlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.






