Bugun 24-fevral kuni Sirdaryo viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi hamda unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish yuzasidan Mexnat jamoasining umumiy yig’ilishi o’tkazildi.
Mexnat jamoasining umumiy yig’ilishida O’zbekiston Transport yo’l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisining o’rinbosari Muxamedxanov Shuxrat Sanjarovich, Tarmoq kasaba uyushmasining viloyat kengashi raisi Shoxrux Shamsiddinovlar ishtirok etishdi.
Jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi to’g’risida ish beruvchining vakili Doston Allayorov va boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi Odil Abdunazarovlar hisobot berishdi.
Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan jamoa shartnomasining tegishli bandlariga kiritiladigan qo’shimcha va o’zgartirishlar ishlab chiqilganligi ma’lum qilinib, amaldagi jamoa shartnomasining qaysi bandlariga o’zgartirish kiritilayotganligini delegatlar hukmiga havola qilindi va jamoa shartnomasiga kiritilayotgan qo’shimcha va o’zgartirishlar xodimlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Mexnat jamoasining umumiy yig’ilish yakunida O’zbekiston Transport yo’l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o’rinbosari SH.S.Muxammedxanov so’zga chiqib, yuritimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va kasaba uyushmasining roli to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi.







