“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag’ishlangan ishlar davom etmoqda

0
76

“Yashil makon” loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko’chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Qurilish bosh boshqarmasi xodimlari bugun Sayxunobod tumani “Shodlik” mahallasi 41-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hududida ko’chat ekish tadbiriga jam bo’lishdi. Soha vakillari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o’z faolliklarini namoyish qildilar. Daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi. Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Siz ham ushbu tadbirga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing!

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here