“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag’ishlangan ishlar davom etmoqda

0
129

Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib, unda 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo’yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingandi. Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko’chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Qurilish bosh boshqarma, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK xodimlari bugun Yangiyer shahridagi “Z.M.Bobur” mahallasi Paxtakor ko’chasida ko’chat ekish tadbiriga jam bo’lishdi. Soha vakillari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o’z faolliklarini namoyish qildilar. “Dolzarb 40 kunlik” aktsiyasi doirasida daraxt ekish  ishlari an’anaviy davom ettirilishi rejalashtirilgan. Daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi. Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda. Amaliy ishlar vaqti keldi! Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Siz ham ushbu tadbirga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing! Tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan faol fuqarolar o‘zi bilan ko‘chat olib kelishi mumkin.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here