“Yangi Oʻzbekiston” massivida seminar-trening

0
208

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan Yangiyer shahrida bunyod etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida seminar-trening tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumining o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumining o’quvchi yoshlari Yangiyer shahrida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massiviga tashrif buyurishdi bunda Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi boshlig’i A.Xudaynazarov tomonidan massivning qurilish jarayonlari va loyihalari bilan o’quvchi yoshlarni tanishtirdi.

Shuningdek, yangidan qurilayotgan zamonaviy ko’p qavatli uylarning hamda atrofdagi ijtimoiy soha obyektlari jumladan, 100 qatnovga ega oilaviy shifoxona, 25 o’rinli Mehmonxona, 990 o’rinli umumta’lim maktabi va 180 o’rinli bolalar bog’chasi kelgusida ushbu uylarda istiqomad qiluvchi fuqarolarning farzandlari ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan zamonaviy qulayliklarga ega bo’lishligi to’g’risida qisqacha aytib o’tdi.

Seminar davomida “Yangi O’zbekiston” massivida 2024 yilga qadar 50 ta 1000 xonadonli zamonaviy qulayliklarga ega bo’lgan ko’p qavatli turar joylar qurish rejalashtirilgan bo’lib, birinchi bosqichda 20 ta 5 qavatli 400 xonadonli yangidan barpo etilayotgan zamonaviy qulayliklarga ega ko’p qavatli turar joylar haqida o’quvchi yoshlarga tushuntirish berildi.

Qolaversa, har bir ko’p qavatli turar joylarda energiyani tejash maqsadida keng qo’llanilib kelinayotgan quyosh paneli hamda quyosh isitgichlarining afzalliklari va qulayliklari to’g’risida maʼlumotlarga ega bo’lishdi.

Shuningdek, ko’p qavatli uylarning ichki tarmoqlarida amalga oshiriladigan qurilish-mantaj ishlarini ko‘zdan kechirishdi. Jumladan, ichimlik suvi va oqava suv quvurlarini tortish, issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qozonxonalar faoliyati o‘rganilib, o’quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.