“TEXNOPARK” – sanoat yarmarkasi!

0
92

“TEXNOPARK” yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda.

15-noyabrda Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida “TEXNOPARK” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Ferroli” sanoat suv isitish qozonlari va Royal quyosh suv isitgichlari va boshqa mahsulotlarning yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

“TENOPARK”ning yangi zavodida yiliga 2000 dona suv isitish qozonlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Model qatori 92 kVt dan 6000 kVtgacha boʻlgan issiqlik quvvatiga ega 25 ta modeldan iborat. Qozonlarning FIK 92% dan oshadi. Quyosh suv isitgichlarining (kollektorlar) yillik ishlab chiqarish quvvati 100 000 dona. ROYAL energiya tejamkor uskunalarining hajmi 200 dan 1000 litrgacha. Yoz kunlarida kollektor suvni 80 ° S gacha, qishning quyoshli kunlarida esa 60 ° C gacha isitish imkoniyatiga ega. Zavodlarning ishlab chiqarish liniyalari Yevropa yetakchi ishlab chiqaruvchilarining eng zamonaviy texnologiyalari va uskunalari bilan jihozlanganligi yigʻilganlarga yetkizildi.

“TEXNOPARK” imkoniyatlari eng murakkab muhandislik va texnologik yechimlarni taklif qilish va joriy etish hamda istalgan hajmdagi buyurtmalarni samarali va o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi. Barcha mahsulotlar kafolat muddatiga ega. Servis xizmatlari “TEXNOGARANT” keng tarmoqli ixtisoslashtirilgan markazi tomonidan taqdim etiladi. “TEXNOPARKV tayyor mahsulotni ham mahalliy bozorga, ham eksportga yetkazib berishni rejalashtirgan.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here