Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalarida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqish yoʻlga qoʻyilib bugungi kunda jadal rivojlanib bormoqda.
Davlat investitsiya dasturlari doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlarida mahalliy ishlab chiqilgan qurilish materiallaridan ham keng foydalanib kelinmoqda. Bu esa oʻz navbatida qurilish tannarxining pasayishiga olib kelib, qurilish ishlarining sifatli va zamon talablariga mos boʻlib bajarilishini taʼminlaydi.