Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbirdan lavhalar

0
23

Inson go’zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab onadek aziz o’z ona tilimizni asrab avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Inson o’z ona tilisi bilan ulg’ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o’tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo’ladi. Zero, nutqning go’zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o’ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko’rsatadi.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozib qo’yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.

O’zbek tilin tinglab kirdi menga jon,

Ohista tikildim va shunda bildim.

Meni tuzatolmas hech dard-u darmon,

Jonimga Masihdur shu ona tilim.

Shu munosabat bilan Sirdaryo biloyati qurilish bosh boshqarmasida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda boshqarma jamoasi, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi jamoatining ma’rifat targ‘ibotchisi Ne’matova Zulfiya Sultonovna, Guliston shahar 11-maktabning til va adabiyot o‘qituvchisi Hamidov Muhiddin Abdurasulovichlar ishtirok etishdi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan video roliklar taqdim etildi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here