Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasida qurilish boshqarmasi, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi va loyiha-qidiruv tashkilotlari ishtirokida yil yakuni bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi.
2022-yilda viloyatda amalga oshirilgan qurilish bunyodkorlik ishlari, yangi yilga qilingan rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida ham qurilish ishlarini zamonaviy qurilish materiallardan va energiya samarador vostilardan keng foydalangan holda bajarish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Loyiha-qidiruv tashkilotlariga mazkur ko’rsatmaga amal qilish bugungi kunimizning asosiy vazifalaridan biri ekanligini inobatga olgan holda ish faoliyatlarida inobatga olishlari yana bir bor tushuntirildi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-dekabrdagi “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-444-son qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan boshlab respublikada qurib bitkaziladigan savdo va biznes markazlari, ko’ngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilg’i quyish shaxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llari bo’yidagi infratuzilma obyektlarining loyihalariga majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talablari belgilandi.
Shu munosabat bilan, loyiha-qidiruv tashkilotlariga infratuzilma obyektlarini loyihalashtirishda ushbu qarorda ko‘rsatilgan talablariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.