“Korrupsiyaga va u bilan bog’liq jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi

0
836

Hozirgi kunda korrupsiyaga va u bilan bog’liq jinoyatlarga qarshi kurashish respublikamizda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. BMT tahlillariga qaraganda, korrupsiya tufayli dunyo iqtisodiyoti har yili 2,6 trln. dollar zarar ko’radi. Bu miqdor jahon yalpi mahsulotining taxminan 5 foizini tashkil etadi. So’nggi natijalar shuni ko’rsatadiki, korrupsiyaga qarshi eʼlon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida PQ-4761-sonli 2020-yil 29-iyundagi qarori va Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida 829-sonli 2020-yil 31-dekabrdagi nizomi to‘g‘risida Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi xodimlari bilan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga oshirilmoq haqida so’z bordi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008-yil 7-iyuldagi O’RQ-158-son Qonuni bilan a’zosiga aylandi. Shuningdek, 2017-yilning 3-yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli Qonun qabul qilindi. Bir qancha rivojlangan xorijiy davlatlarda shunga o’xshash maxsus qonunlar davlat tomonidan qabul qilingan. Masalan, AQShda shunga o’xshash maxsus qonun “Foreign Corrupt Practices Act” deb nomlangan bo’lib, u Amerika kompaniyalarini shartnomalar tuzishda imtiyozlar va kafolatlar olishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini belgilaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son «O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi,  2020-yil 9-iyundagi PF-6013-son «O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi, 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-ahloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to’g’risida» qaroriga va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishi ta’kidlandi. Korrupsiya deganda davlat hokimiyatida davlat xizmati imkoniyatlaridan o’zboshimchalik bilan vakolatlarni suiste’mol qilgan holda hamda mansab vakolatiga ega bo’lgan shaxslarning o’z shaxsiy manfaatlarini ko’zlab va moddiy naf ko’rish maqsadida g’ayriqonuniy hamda g’araz niyatda fuqarolardan pora olishi, pora evaziga sotilishi hamda jinoiy uyushmalarga madadkor bo’lgan holda yordam berishida namoyon bo’ladigan ijtimoiy hodisa tushunilishi va shu kabilar haqida so’z yuritildi.

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here