Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi jamoasi Xovos tumani Husnobod mahallasida tashkil etilgan hasharda faol ishtirok etdi

0
114

Ta’kidlash joizki, xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar – bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. Shu bois Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi jamoasi Xovos tumani Husnobod mahallasida tashkil etilgan hasharda faol ishtirok etdi. Hasharda mahallada joylashgan binolar atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash va oqlash ishlari amalga oshirildi.