Sirdaryo viloyati hokimi G’ofurjon Mirzayev “Quruvchilar kuni” munosabati bilan soha vakillarini tabrikladi

0
30

Quruvchilar vakillari ishtirokida o’tkazilgan tantanada viloyat hokimi quruvchilarni kasb bayramlari bilan tabriklarkan, Yangi O’zbekistonimizning yangi qiyofasini shakllantirish, yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash, turmush tarzimizni yanada obod va farovon qilishda ko’p jihatdan mohir quruvchi va muhandislar, usta va me’morlar, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillari – ming-minglab bunyodkor insonlarning mehnati, jasorati beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi.

Jumladan, murakkab pandemiya sharoitida ko’plab soha va tarmoqlar qatori qurilish tizimi rivoji yo’liga ham jiddiy to’siqlar qo’ydi. Lekin mana shunday qiyin vaziyatda ham iqtisodiyotimizning yetakchi sohalaridan bo’lgan qurilish, bunyodkorlik ishlari aslo oqsagani yo’q.

Shuni mamnuniyat bilan e’tirof etamizki, bevosita muhtaram Prezidentimiz va hukumatimizning rahnamoligi hamda amaliy yordamlari tufayli viloyatimizda qurilish sohasida keyingi to’rt-besh yil ichida mutaqillikning o’tgan yigirma besh yili davridagiga nisbatan ko’proq ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda viloyatimiz markazida Guliston shahri va tumanlarda bo’lgan kishi keng ko’lamda olib borilayotgan qurilish ishlarini ko’rib hayratga tushadi.

To’kin dasturxon atrofida o’tgan shodiyona tadbir ishtirokchilarini xushnud etdi. Toshkent shahridan kelgan va viloyatimiz taniqli san’atkorlari ijro etgan kuy va qo’shiqlar tantanaga haqiqiy bayramona tus berdi.

Mamlakatimizning boshqa hududlarida bo’lgani kabi Guliston shahrida o’tkazilgan bayram tadbiri qo’li gul bunyodkorlarni yanada ruhlantirib, ularga kuch-g’ayrat baxsh etishi tabbiy. Tadbirda so’zga chiqqan quruvchilar bundan keyin ham bor bilim va mahoratlarini, kuch-g’ayratlarini ishga solib, Sirdaryo vohasining shahar va qishloqlarida yangidan-yangi muhtasham binolar barpo etib, el-yurt ishonchini oqlashga va’da berdilar. Tadbirda o’z sohasining chinakam jonkuyari bo’lgan quruvchilar viloyat hokimligining faxriy yorlig’i hamda qimmadbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Muallif: Sirdaryo xabarlari

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here