Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” mavzelari qurilishini ma’lum qildi

0
333

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga ikkita muhim — aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, “Yangi O‘zbekiston” mavzelarini barpo etish hamda shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish kiritilgan.

Yig‘ilish avvalida davlati rahbari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yildagi barcha islohotlar aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilishini ta’kidladi.

“So‘nggi yillarda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joy barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda, aholi soni kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda.

Bularni inobatga olib, aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur.

Joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan ‘Yangi O‘zbekiston mavzelari’ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadon qurish reja qilingan”, – dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” mavzelari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishini qayd etdi. Bunda:

  • har bir mavzega ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi;
  • ko‘p qavatli uy-joy qurilishini investorlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi;
  • ipoteka kreditini berish uchun banklarga byudjetdan auksion asosida resurs ajratiladi.

Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20 yil muddatga 11 trillion so‘m yo‘naltiriladi:

  • iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;
  • 2022-yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trillion so‘m ajratiladi.

Muallif: daryo.uz

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here