Shavkat Mirziyoyev uy-joylar qurilishi xalqparvar komissiya tomonidan nazorat qilinishini aytdi

0
127

2021-yilning 1-may sanasigacha kredit berish, subsidiya olish, ipoteka uchun beriladigan ko‘p kvartirali uy-joylar va quruvchilar haqidagi ma’lumotlarni qamrab oluvchi ipoteka veb-portali ishga tushiriladi.

“Eng muhim masala, berilayotgan imtiyozlardan halol-pok foydalanish bo‘yicha adolatli tizim yaratish, bu borada odamlarimizning xabardorligini oshirish zarur. Viloyat, tuman va shahar hokimlari quruvchilar bilan birga, mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa har oyda hisobot beradi.

Kengashlar tomonidan deputat, jamoat faollari ishtirokida xalqparvar komissiya tashkil etiladi. Ular quruvchiga yerni adolatli ajratilishi, imtiyoz oladigan ehtiyojmand oilalar ro‘yxatining shakllanishi va qurilishlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir hafta davomida yangi tizim asosida, aholini uy-joy bilan ta’minlashda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni odamlarga mahallabay tushuntiradi. Moliya vaziri 1-iyunga qadar subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni ijtimoiy mezonlar asosida tanlash va subsidiya to‘lash jarayonlarini avtomatlashtiradi. Bunda ochiq-oshkoralikni ta’minlash va murojaatlarning ko‘rish muddatini 20 kundan 7 kungacha qisqartirish zarur”, — dedi davlat rahbari.

Muallif: Daryo.uz

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here