Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi mavjud muammolar va ularning echimiga to’xtaldi

0
18

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Prezident uchrashuv davomida Sirdaryodagi mavjud muammolar va ularning echimiga to’xtaldi.

— Sirdaryoda 40 ming nafar aholi ishsiz. Bunga qo’shimcha ravishda har yili mehnat bozoriga 15 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 

— 30 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

— 282 ming nafar (33 foiz) aholida surunkali kasalliklar aniqlandi. 

— 5 mingdan ziyod oila uy-joyga muhtoj.

— 136 ta mahalladagi ichimlik suvi ta’minoti talab darajasida emas.

— Yo’l-transport, kanalizatsiya va boshqa infratuzilmalar bo’yicha ham, aholida ko’plab e’tirozlar mavjud.

— 83 ta maktab quvvatiga nisbatan 1,5-2 barobar ko’p yuklama bilan ishlamoqda. 

— 8 ta mahallada bog’cha umuman yo’q. Sh.Mirziyoyev viloyatni rivojlantirish bo’yicha 5 yillik dasturni tanishtirishni boshladi.

Muallif: sxabar.uz

JAVOB QOLDIRING

Please enter your comment!
Please enter your name here