Shahrixonda kanalning muhofaza hududidan qurilish qilish uchun texnik xulosa berish evaziga 500 dollar olgan mas’ul qo‘lga olindi

0
38

Andijonda Katta Farg‘ona magistral kanali 2-Shahrixon bo‘limi boshlig‘i haydovchisi orqali bo‘limga qarashli muhofaza hududidagi 4 sotix yer maydonida inshoot qurish uchun texnik xulosa berish evaziga 500 dollar pora olgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy bo‘linmalari ma’lumoti berdi. Ta’kidlanishicha, Katta Farg‘ona magistral kanali 2-Shahrixon bo‘limi boshlig‘i E.O‘. haydovchisi T.X. orqali fuqaro Z.dan bo‘limga qarashli muhofaza hududidagi 4 sotix yer maydonida yengil konstruksiyali inshoot qurish uchun texnik xulosa berish evaziga 500 dollar so‘ragan. Mas’ul porani firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Muallif: Daryo.uz