Seysmik ustuvor binolar qurilishi bo’yicha Yaponiya tajribasi bilan tanishish

0
83

O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Tokio shahridagi O’zbekiston elchixonasi hamkorligida Yaponiyaning seysmik himoyalash jamiyati tomonidan 2021-yil 11,12-fevral kunlari O’zbekiston mutaxassislarini seysmik ustuvor binolar qurilishi bo’yicha Yaponiya tajribasi bilan tanishtirish maqsadida Sirdaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida vebinar shaklda onlayn seminar ma’ruza kurslari tashkil etildi.

Seminarda Yaponiyaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan:

  • seysmik ustuvor va yong’in xavfsizlik normalari;
  • seysmik ustuvorlik texnikasidagi o’zgarishlar;
  • seysmik himoya va tebranishlar nazorati;
  • seysmik himoyalangan inshootlarni loyihalash va ularning konstruktiv hisobi;
  • seysmik ta’mirlash texnologiyalari kabi mavzular bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazildi.